„We Are Never Ever Getting Back Together“ | ||||
---|---|---|---|---|
Taylor Swift qoʻshigʻi | ||||
„Red“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 13-avgust, 2012-yil | |||
Studiya |
| |||
Janr | ||||
Davomiyligi | 3:12 | |||
Leybl | Big Machine | |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) | ||||
Taylor Swift singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„We Are Never Ever Getting Back Together“ YouTubeda |
„We Are Never Ever Getting Back Together“ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Red (2012) nomli beshinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 2012-yilning 13-avgustida albomning asosiy singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida eʼlon qilingan. Swift qoʻshiq soʻzlarini Max Martin va Shellback bilan birgalikda yozgan. Qoʻshiq matnida Swiftning munosabatlarni qayta tiklamoqchi boʻlgan sobiq yoridan koʻngli qolgani haqida soʻz boradi.
Qoʻshiq musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Tarona 2012-yilning eng sara qoʻshiqlarini aniqlash maqsadida Rolling Stone, Time va The Village Voice nashrlari tomonidan tuzilgan roʻyxatlarda mos ravishda ikkinchi, toʻrtinchi va oltinchi oʻrinlarni egallagan. „We Are Never Ever Getting Back Together“ Kanada va Yangi Zelandiya chartlarida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Avstraliya, Birlashgan Qirollik, Irlandiya, Isroil va Yaponiya chartlarida esa yuqori beshlik safidan oʻrin egallagan. Billboard Hot 100 chartida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan, Hot Country Songs chartida esa ketma-ket toʻqqiz hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turgan. Bundan tashqari, ashula Avstraliya, AQSh, Yangi Zelandiya va Yaponiya mamlakatlarida platina sertifikati bilan taqdirlangan.
Qoʻshiq uchun klip ham ishlangan boʻlib, unga Declan Whitebloom rejissorlik qilgan. Klip 2012-yilning 30-avgustida omma eʼtiboriga havola etilgan. 2021-yilning sentabr holatiga koʻra, qoʻshiq klipi YouTubeda 674 million marta koʻrilgan. „We Are Never Ever Getting Back Together“ koʻplab yutuqlarga, jumladan, „Eng sara country qoʻshiq“ (inglizcha: Top Country Song) nominatsiyasida Billboard Music Award bilan taqdirlangan, „Yil yozuvi“ (inglizcha: Record of the Year) nominatsiyasida Grammy, „Eng yaxshi musiqiy video“ (inglizcha: Best Music Video) nominatsiyasida CMT Music Award hamda „Sevimli qoʻshiq“ (inglizcha: Favorite Song) nominatsiyasida People's Choice Awardga nomzod boʻlgan. „We Are Never Ever Getting Back Together“ning qayta kuylangan versiyasi Swiftning 2021-yilda eʼlon qilingan Red (Taylor's Version) albomiga kiritilgan.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()