Mercedes-Benz

Mercedes-Benz
Turi brend
Ishga tushgan sanasi 28-iyun, 1926-yil (1926-06-28)
Hududiy xizmati butunjahon
Asoschi(lar)i Karl Benz
Gottlieb Daimler
Direktori Ola Källenius
Bosh mahkamasi Shtutgart
Ishchilar soni 167,921
Vebsayti www.mercedes-benz.com

Mercedes-Benz avtobus va yuk avtoulovlari brendidir. Mercedes-Benz shtab-kvartirasi Shtutgartda joylashgan. Mercedes-Benz Audi va BMW qatorida „Olmoniya katta uchligiga“ kirib, dunyo boʻylab eng koʻp luks avtomobil sotadigan ishlab chiqaruvchilardan biridir.

Maʼlumot

Mercedes-Benz 1886-yili asos solingan. Tashkilotchilar Karl Bents, Gotlib Daymler, Vilgelm Maybax. Joylashuvi: Shtutgart, Germaniya. Mahsuloti:Yengil avtomobillar, yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, dvigatellar. Web sahifasi: mercedes-benz.de

Uning brendi 2010-yil 25,2 mlrd Aqsh Dollari deb belgilangan. U Yengil avtomobillar brend narxi boʻyicha 2-oʻrinni band etib turibdi.(2010).

2021-yil mart oyida „Mercedes-Benz“ Xitoy bozoridan 2,6 million avtomobilni qaytarib olishga qaror qildi. Qaror ushbu mamlakatda ishlab chiqarilib, import qilingan avtomobillarga ham, modellarga ham tegishli boʻladi. Avtomobillarni qaytarib olishga ulardagi dasturiy taʼminot – favqulodda xizmatlarni chaqirish tizimida qayd etilgan muammo sabab boʻlgan. Nosozlik tufayli tizim avtohalokat sodir boʻlganidan keyin favqulodda xizmatlarga notoʻgʻri maʼlumotlar yuborgan va oqibatda qutqaruvchilar notoʻgʻri manzillarga borgan.

Manbalar

  1. Daimler Annual Report: The Workforce, 2019-05-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-06-27
  2. „Rich in China? Buy an SUV, pay cash“. 2013-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-mart.
  3. „BMW best-selling luxury auto brand“.
  4. „«Mercedes-Benz» Хитой бозоридан 2,6 миллионта автомобилини қайтариб олади“. Bugun.uz. 2021-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 13 март.