Kristen Stewart | |
---|---|
Stewart Berlin xalqaro kinofestivalida (2023) | |
Tavalludi |
Kristen Jaymes Stewart 9-aprel 1990-yil Los-Anjeles, Kaliforniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1990—bugun |
Kristen Jaymes Stewart (talaffuzi: Kristen Jeyms Styuart; 1990-yil 9-aprelda tugʻilgan) amerikalik aktrisadir. BAFTA va César kinomukofotlari sohibasi.
Los-Anjelesda tug‘ilib o‘sgan Stewart ilk bor 12 yoshida David Fincherning Panic Room (2002) trillerida Jodie Fosterning qizi rolini ijro etgan, bu unga „Yosh artist“ mukofotiga nomzodlikni olib kelgan. Keyinchalik, u Speak (2004), Catch That Kid (2004), Zathura: A Space Adventure (2005) va Into the Wild (2007) filmlarida suratga tushgan. Stewart Twilight filmlar seriyasi (2008—2012) da oʻynagan Bella Swan roli tufayli mashhurlikka erishgan; roli uchun 2010-yilda BAFTA Rising Star mukofotiga sazovor boʻlgan.
Malika va ovchi (2012) filmida bosh rolni ijro etganidan soʻng, Stewart katta byudjetli filmlarda suratga tushishdan voz kechdi. U Camp X-Ray (2014) va Still Alice (2014) va Equals (2016) filmlarida rollar ijro etdi. Charlie's Angels (2019) va Happiest Season (2020) filmlarida bosh rollarni ijro etdi. Stewart Pablo Larraínning Spencer (2021) filmida Uels malikasi Diana rolini oʻynadi. Filmdagi ushbu roli tanqidchilar tomonidan keng eʼtirofga sazovor boʻldi va hatto Stewartga „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscar mukofotiga nomzodlikni olib keldi.
Yil | Nom | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
1999 | Thirteenth Year | Fountain Linedagi qiz | TV film |
2004 | Speak | Melinda Sordino | TV film |
2008 | The Sarah Silverman Program | suxandon | Qism: „I Thought My Dad Was Dead, But It Turns Out Heʼs Not“ |
2017, 2019 | Saturday Night Live | oʻzi | 2 qism |
2022 | Irma Vep | Lianna | Qism: „The Terrible Wedding“ |
Vikiomborda Kristen Stewart haqida turkum mavjud |