Kesha | |
---|---|
Kesha 2019-yilgi American Music Awards taqdirlash marosimida | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Kesha Rose Sebert 1-mart 1987-yil Los Angeles, Kaliforniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Leybl | RCA Records, Kemosabe Records |
Ota-onasi | Pebe Sebert (onasi) |
Janr | |
Hamkorligi | |
Faoliyat yillari | 2005 – hozirgacha |
Veb-sayt | keshaofficial.com |
Imzosi | |
Kesha Rose Sebert (talaffuzi: Kesha Rouz Sobert; 1-mart 1987-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisdir. 2005-yili 18 yoshida Kesha Kemosabe Records studiyasi bilan shartnoma imzoladi. 2009-yilda u amerikalik rapper Flo Rida bilan birgalikda ijro etgan „Right Round“ ashulasi ortidan shuhrat qozondi.
Keshaning Animal (2010) va Rainbow (2017) nomli albomlari Billboard 200 chartida birinchi oʻrinni band etdi, Warrior (2012) va High Road (2020) albomlari esa yuqori oʻntalikdan oʻrin oldi. Keshaning koʻplab qoʻshiqlari Billboard Hot 100 chartida yuqori oʻntalikka kirishga muvaffaq boʻlib, ular quyidagilardir: „Tik Tok“, „Blah Blah Blah“, „Your Love Is My Drug“, „Take It Off“, „Blow“, „Die Young“, „My First Kiss“ (3OH!3 bilan birga ijro etgan), „We R Who We R“, „Right Round“ (Flo Rida bilan birga ijro etgan) va „Timber“ (Pitbull bilan birga ijro etgan). Uning 2009-yilda chiqarilgan „Tik Tok“ singli umumjahon boʻylab 14 milliondan oshiq marta yuklab olinib, tarixda eng koʻp sotilgan raqamli singl boʻldi.
Kesha faoliyatini 2012- va 2017-yillar oraligʻida sobiq produseri Dr. Luke bilan boʻlgan mojaro ortidan toʻxtatdi. Kesha v. Dr. Luke („Kesha Dr. Lukega qarshi“) nomi bilan tanilgan bir qator suddagi tortishuvlarda Kesha Dr. Lukeni unga nisbatan fiziologik va ruhan tajovuz qilganlikda aybladi, Dr. Luke esa uni shartnoma kelishuvlarini buzishda va boʻhton qilishda aybladi.
2013-yilga kelib, Kesha umumjahon boʻylab 55 milliondan oshiq (AQShning oʻzida 33 milliondan oshiq) trek va ringtonlarini sotdi. U, shuningdek, Billboardning yil soʻngidagi oʻnyillik chartlarida (2010-2019) 26-oʻrinni egalladi. U koʻplab yutuq va nomzodliklarga, jumladan 2010-yili MTV Europe Music Awardga sazovor boʻldi. Shuningdek, Kesha qoʻshiqnavis oʻlaroq Britney Spears, Ariana Grande, Miley Cyrus va Miranda Cosgrove kabi xonandalar ijrosidagi qoʻshiqlar matnini yozishda qatnashgandir.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
Vikiomborda Kesha haqida turkum mavjud |