Helmut Heinrich Waldemar Schmidt | |
---|---|
Gelmut Schmidt, 1977-yil | |
5-GFR Federal kantsleri | |
Mansab davri 16-may 1974-yil – 1-oktabr 1982-yil | |
Prezident |
Gustav Xayneman Valter Sheel Karl Kartens |
Oʻtmishdoshi | Villi Brandt |
Vorisi | Gelmut Kol |
7-GFR Tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 17-sentabr – 1-oktabr 1982-yil | |
Hukumat boshligʻi | Gelmut Schmidt |
Oʻtmishdoshi | Gans Ditrix Gensher |
Vorisi | Gans Ditrix Gensher |
GFR moliya vaziri | |
Mansab davri 7-iyul 1972-yil – 15-may 1974-yil | |
Hukumat boshligʻi | Villi Brandt |
Oʻtmishdoshi | Karl Shiller |
Vorisi | Gans Apel |
GFR iqtisod vaziri | |
Mansab davri 7-iyul 1972-yil – 15-dekabr 1972-yil | |
Hukumat boshligʻi | Villi Brandt |
Oʻtmishdoshi | Karl Shiller |
Vorisi | Gans Frideriks |
5-GFR mudofaa vaziri | |
Mansab davri 22-oktabr 1969-yil – 6-iyul 1972-yil | |
Hukumat boshligʻi | Villi Brandt |
Oʻtmishdoshi | Gerxard Shryoder |
Vorisi | Georg Leber |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Gelmut Genrix Waldemar Schmidt Hamburg, Germaniya imperiyasi |
Vafoti | Hamburg, Germaniya |
Siyosiy partiyasi | Germaniya sotsial-demakratik partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Loki Schmidt |
Bolalari | Suzanna Schmidt |
Onasi | Lyudovika Schmidt |
Otasi | Gustav Lyudvig Schmidt |
Taʼlim | Hamburg Universiteti |
Dini | Lyuteranlik |
Mukofotlari | |
Imzosi | |
Qoʻshin turi | lyuftvaffe |
Unvoni | ober-leytinant |
Janglar | Ikkinchi Jahon urushi |
Helmut Heinrich Waldemar Schmidt (talaffuzi: Helmut Haingʻish Uoldemar Shmit; 1918-yil 23-dekabr, Hamburg, Germaniya imperiyasi — 2015-yil 10-noyabr, Hamburg, Germaniya) — nemis sotsial-demokrat siyosatchisi. Germaniyaning beshinchi federal kansleri (1974-1982).
Helmut Heinrich Waldemar Schmidt 1918-yil 23-dekabrda Hamburgda tugʻilgan.
Schmidtning otasi Gustav Lyudvig (1888–1981) yahudiy tadbirkorning benikoh tugʻilgan oʻgʻli boʻlib, uni oila uzoq vaqt yashirib kelgan. Bu voqea faqat 1984-yildagina Schmidtning ruxsati bilan Fransiyaning sobiq prezidenti Valeri Jiskar d’Esten tomonidan maʼlum qilingan.
1936-yilda Schmidt Nyurnberg partiyasi syezdi doirasida boʻlib oʻtgan Adolf Hitlerning Hamburgdan Nyurnbergga qadar marshida qatnashdi, tarixchi Heinrich Vinklerning soʻzlariga koʻra, natsistlar tashviqotining tarkibi boʻlgan „sotsialistik“ va "birdamlik" gʻoyalaridan taʼsirlanadi. Schmidt oʻzi yozgan „Bolalik xotiralari“ asarida, uning kelib chiqishi (Mischlinge) milliy sotsializmni rad etishga taʼsir qilganini takidlaydi. 1941-yilda zaxiradagi leytenant unvoni bilan Berlindagi Luftwaffe Oliy qoʻmondonligiga oʻtkazildi. Ikkinchi Jahon urushi paytida, 1941-yil avgustdan Schmidt Sharqiy frontdagi 1-tank diviziyasining yengil zenit diviziyasida ofitser boʻlib xizmat qildi. U Leningrad viloyatiga yuborildi va shaharni qamal qilishda qatnashdi, buning uchun u ikkinchi darajali Temir xoch medalini oldi. 1942-yil yanvardan Berlin va Bernaudagi havo vazirligida yengil zenit artilleriyasini tayyorlash qoidalari boʻyicha maslahatchi boʻlgan. 1944-yil dekabrdan Gʻarbiy frontda batareya qoʻmondoni boʻlib xizmat qildi, 1945-yil mart oyida ittifoqchilar tomonidan asirga olindi va avgustgacha asirlikda qoldi.
Urushdan keyin Schmidt Hamburg universitetida iqtisod va siyosatshunoslik fakultetida tahsil oldi va uni 1949-yilda tugatdi. 1946-yilda Germaniya sotsial-demokratik partiyasiga (SDP) qoʻshildi. 1947–1948-yillarda u SDP bilan yaqin hamkorlik qilgan nemis talabalari sotsialistik ittifoqini (keyinchalik 1948–1951-yillarda Jon van Nes Ziegler) boshqargan.
Oʻqishni tugatgandan soʻng, Karl Shiller boshchiligidagi Hamburg iqtisodiyot va transport boʻlimida ishladi. 1953–1961-yillarda Bundestag deputati boʻlgan. 1961–1965-yillarda ichki ishlar boʻyicha Hamburg senatori boʻlgan.
1965-yilda Bundestagga qayta saylandi. 1967–1969-yillarda — Bundestagning sotsial-demokratik fraksiyasi raisi boʻldi. 1967-yilda SDP raisining oʻrinbosari etib saylandi. 1969-yilda tuzilgan Willy Brandtning hukumatda mudofaa vaziri boʻldi. Keyinchalik u federal iqtisodiyot, moliya vazirliklarini boshqardi, hatto ikki hafta davomida Tashqi ishlar vazirligini ham boshqargan.
Yil | Nafaqa | Inflatsiya | Koefitsent | Amalda |
---|---|---|---|---|
1975 | 11.1% | +5.1% | ||
1976 | 11.0% | +6.7% | ||
1977 | 9.9% | +6.2% | ||
1978 | +2.7% | 0 | ||
1979 | 4.5% | +0.4% | ||
1980 | 4% | -1.5% | ||
1981 | 4% | -2.3% | ||
1982 | 5.8% | +0.6% |
1974-yil 16-mayda Villi Brandt janjal ortidan isteʼfoga chiqqanidan keyin Germaniya Federal kansleri boʻldi.
Ichki siyosatda u, asosan, Qizil Armiya fraksiyasidan chiqqan chap qanot terrorizmiga qarshi qattiq kurashni yoqladi. 1976 va 1980-yillardagi parlament saylovlarida SDP gʻalaba qozonishiga xissa qoʻshdi.
Tashqi siyosatda Schmidt Helsinki kelishuvlarini imzolash tashabbuskorlaridan biri boʻlgan (1975-yil). Villi Brandt bilan solishtirganda, u koʻproq amerikaparast edi. U NATO bilan Germaniya Federativ Respublikasi hududida Pershing-2 raketalarini joylashtirish boʻyicha muzokaralar olib bordi. Shu bilan birga, u Sovet rahbari Leonid Brejnev bilan yaxshi shaxsiy munosabatlarga ega edi, ammo ushbu munosabatlar 1979-yil oxirida Sovet qoʻshinlari Afgʻonistonga kirganidan keyin yanada murakkablashdi. Germaniya AQSh tashabbusi bilan 1980-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlariga xalqaro boykot eʼlon qilinishini va afgʻon antikommunistik kuchlarini qoʻllab-quvvatlash dasturlarini qoʻllab-quvvatladi. Biroq, Schmidt SSSR bilan aloqalarni rad etmadi va u hatto 1980-yil iyun oyi oxiri – iyul oyi boshida Moskvaga keldi va Sovet rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.
Iqtisodiyotda Schmidt 1979-yilgi global neft inqirozi bilan bogʻliq jiddiy muammolarga duch keldi.
1982-yilda Schmidtning SDP aʼzolari boʻlmagan koalitsiya aʼzolarini vazirlar mahkamasidan chiqarib tashlash va bir partiyali hukumatni tashkil etishga urinishidan soʻng, Bundestag unga nisbatan ishonchsizlik votumini eʼlon qildi va Xristian demokrat Helmut Kolni yangi kansler etib tasdiqladi. 1982-yilda u oʻz birdamligini koʻrsatish uchun "Polsha Polsha boʻlishi uchun" dasturini qoʻllab-quvvatlashda ishtirok etdi.
1983-yildan — «Die Zeit» haftalik gazetasida muharrir boʻlib ishlagan.
U 2015-yil 10-noyabrda Hamburgda vafot etdi.
1942-yilda Xannelore „Loki“ Glazerga (1919-2010) uylandi va u bilan 68 yil hayot kechirdi. Ularning 2 farzandi bor edi: oʻgʻli (1945-yilda vafot etgan) va qizi Syuzanna (1947-yilda tugʻilgan).
2012-2015-yillarda u oʻzidan 14 yosh kichik boʻlgan Rut Loax bilan fuqarolik nikohida yashadi.
Isteʼdodli havaskor pianinochi sifatida, u Bax va Motsartning bir nechta kontsertlarini yozgan.
Schmidt ommaviy ishsizlikni Germaniyaning eng katta muammosi deb atadi. U oʻzining vorisi Gerxard Shrederning 2010-yilgi kun tartibini yuqori baholadi va uni Germaniyadagi demografik oʻzgarishlar oqibatlarini bartaraf etish yoʻlidagi birinchi qadam sifatida koʻrdi. Ammo islohot dasturi, uning fikriga koʻra etarli emas va shuning uchun 1990-yillardan boshlab u mehnat bozorini tartibga solish va ishdan boʻshatishdan himoyalanishni qisqartirishni yoqlab chiqdi. Uning fikricha, kasaba uyushmalari haddan tashqari katta taʼsirga ega va ishsizlik nafaqasini kamaytirish kerakligini takidladi.
Schmidt koʻp madaniyatli jamiyatni „ziyolilar illyuziyasi“ deb atagan. Uning fikricha, „ko‘p madaniyatli“ tushunchasini demokratik jamiyat bilan birlashtirish qiyin. U 1960-yillar boshida GFRga boshqa madaniyatga xos mamlakatlardan ishchilar taklif qilishni xato deb hisobladi.
Tashqi siyosatda u suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilini juda qadrlagan.
Schmidt Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishiga qarshi edi, chunki u ittifoqning tashqi siyosiy salohiyatining pasayishi, shuningdek, Germaniyada yashovchi turklarning nemis jamiyatiga integratsiyalashuvidagi qiyinchiliklardan qoʻrqardi.
Shmidt Erich Honecker, Gerald Ford va Bruno Kreiskylar bilan, Helsinki, 1975-yil. | Schmidt Ronald Reagan bilan, Bonn, 30-noyabr 1978-yil. | AQSh prezidenti Jimmi Karter va Shmidt, 1977-yil iyul. |